Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada mamlakatning eng boy tadbirkorlaridan biri Aleksey Vadaturskiy halok bo‘ldi
Vadaturskiy 2021 yilda Ukrainaning 100 ta eng boy odamlari ro‘yxatida 24-o‘rinni egallagandi.
Ukrainaning yirik «Nibulon» agrar kompaniyasining egasi Aleksey Vadaturskiy rafiqasi bilan Mikolaiv shahri o‘qqa tutilishi paytida halok bo‘ldi. Bu haqda Mikolaiv oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Vitaliy Kimga asoslanib, TASS xabar bermoqda.
«Tunda shaharning o‘qqa tutilishi natijasida Ukraina qahramoni, «Nibulon» kompaniyasi bosh direktori Aleksey Afanasevich Vadaturskiy va uning rafiqasi Raisa Mixaylovna Vadaturskaya fojiali tarzda halok bo‘ldi», — deb yozdi u o‘zining Telegram-kanalida.
74 yoshli tadbirkorning o‘limini Telegram-kanalida Ukrainadagi hukmron «Xalq xizmatkori» partiyasi fraksiyasi raisi David Araxamiya tasdiqladi.
«Forbes Ukraina» jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, Vadaturskiy 2021 yilda 430 million dollar boyligi bilan mamlakatning 100 ta eng boy odami ro‘yxatida 24-o‘rinni egallagan.
Mash Telegram-kanalining xabar berishicha, o‘limga S-300 zenit raketa majmuasining Vadaturskiylar oilasi uyiga tushishi sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025