Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada «Putin saroyi»ning arxitektoriga tegishli mol-mulklar xatlandi
Lanfranko Chirilloning xatlangan mol-mulklari qiymati 141 mln yevroga teng deb baholanmoqda.
Italiya moliyaviy gvardiyasi rossiyalik VIP-mijozlar buyurtmasini bajarish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor va arxitektor Lanfranko Chirilloga tegishli ko‘char va ko‘chmas mulklarni xatlovga oldi. Bu haqda RaiNews24 telekanali xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, unga nisbatan soliq qonunchiligini buzish ayblovi e’lon qilingan.
Arxitektorning ko‘chmas mulki, bank hisobraqamlari, naqd pullari, qimmatbaho buyumlari, san’at asarlari va vertolyoti xatlangan. Xatlovga olingan mol-mulklarning umumiy qiymati 141 mln yevroga teng deb baholanmoqda.
Chirillo Rossiyadan yirik buyurtmalar olishi bilan tanilgan. Xususan, Aleksey Navalniy «Putinning saroyi» deb atagan inshootni ham u loyihalashtirgan.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
15:50 / 19.05.2025
Italiya 400 ta foydalanishdan chiqarilgan zirhli transportyorini Ukrainaga beradi
19:56 / 13.05.2025