Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vazirlar va hokimlar tadbirkorlar bilan uchrashuvlarga chiqadi
Avgust oyi o‘rtasidan boshlab, joylarda vazirlar va hokimlar ishtirokida tadbirkorlar bilan muloqot haftaligi o‘tkaziladi. Prezident va tadbirkorlar uchrashuvi bu haftalikning yakuniy va asosiy voqeasi bo‘ladi. Bu haqda davlat rahbari huzuridagi yig‘ilishda ma’lum qilindi.
O‘zbekistonda tadbirkorlarni qiynayotgan tizimli muammolar orasida xususiy mulk himoyasi, litsenziya va ruxsatnomalar olishdagi byurokratiya, kredit, yer va bino ajratish, soliq ma’murchiligi hamda infratuzilma masalalari dolzarb bo‘lib turibdi.
3 iyul kuni prezident huzuridagi yig‘ilishda shu muammolarning sabablari va ularni hal etish choralari muhokama qilindi.
Shavkat Mirziyoyev har bir murojaatni, ayniqsa, kichik va o‘rta biznesni qiynayotgan masalalarni alohida nazoratga olib, qonuniy va ijobiy yechim topish zarurligini ta’kidladi. Hududlarga chiqib, tadbirkorlarning muammo va takliflarini o‘rganish asosida biznes uchun sharoitlarni yaxshilash, tartib-taomillarni soddalashtirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berdi.
Avgust oyi o‘rtasidan boshlab, joylarda vazirlar va hokimlar ishtirokida tadbirkorlar bilan muloqot haftaligi o‘tkazilishi belgilandi. Prezident ishtirokidagi uchrashuv bu haftalikning yakuniy va asosiy voqeasi bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yil 20 avgustda davlat rahbari tadbirkorlar bilan ilk bor ochiq muloqot o‘tkazgan edi. Bu sana O‘zbekistonda Tadbirkorlar kuni sifatida belgilanib, bunday uchrashuvlar an’anaviy tarzda, har yili tashkil etiladigan bo‘ldi.
Bu yil ham mazkur muloqotga katta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Tadbirkorlardan savol va takliflarni yig‘ish bo‘yicha respublika shtabi hamda “koll-markaz” tashkil etilgan. Unga bugungi kungacha 7 200 dan ortiq taklif va murojaatlar kelib tushgan. Respublika shtabi a’zolari ularda ko‘tarilgan tizimli va xususiy masalalarni har kuni muhokama qilib bormoqda. Rasmiy relizga ko‘ra, ularning aksariyati joyida hal etilmoqda.
Mavzuga oid
17:32 / 30.01.2025
Soliq qo‘mitasi tadbirkorlarni tekshirish samaradorligi bo‘yicha eng yomon tashkilot deb topildi
20:20 / 20.01.2025
Nodavlat OTMlarga norasmiy “soliq” solish davom etayotgani aytilmoqda. Vazirlik buni rad etdi
11:04 / 17.01.2025
200 nafar tadbirkor xalqaro moliya bozoridan 2 mlrd dollar jalb qilishga tayyorlanadi
09:55 / 15.01.2025