O‘zbekiston | 15:59 / 04.08.2022
5840
2 daqiqa o‘qiladi

DSQ chek berilmagani haqida shikoyat tushsa, soliq tekshiruvi qanday o‘tkazilishini tushuntirdi

Agar tadbirkorga chek berilmaganligi haqida shikoyat kelib tushsa, soliq tekshiruvi qanday o‘tkaziladi? Soliq qo‘mitasi bu borada tushuntirish bilan chiqdi.

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi

Bunday holda Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 7 yanvardagi 1-sonli qaroriga asosan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda nazorat-kassa texnikasi (NKT) qo‘llanilishi yuzasidan sayyor soliq tekshiruvi o‘tkaziladi.

Quyidagilar tekshiradi:

  • soliq to‘lovchi tomonidan foydalanilayotgan NKT va hisob-kitob terminali tegishli qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi;
  • xaridorlarga NKT cheki yoki unga tenglashtirilgan boshqa hujjatlar berilishi.

Soliq tekshiruvini tayinlash to‘g‘risidagi buyruq uni amalga oshirish dasturini tasdiqlaydi, unda tekshirilishi kerak bo‘lgan masalalar ro‘yxati aks ettiriladi.

Soliq solish obektlari va soliq solish bilan bog‘liq obektlar to‘g‘risidagi axborotni aniqlashtirishda ushbu dasturga asosan quyidagilar tekshirilishi mumkin:

  • davlat ro‘yxatidan o‘tgani to‘g‘risidagi hujjatlar, faoliyat turi va joyi soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi;
  • soliq to‘lovchiga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida, mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo‘l qo‘yadigan o‘zga ashyoviy huquq asosida mol-mulkka va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligi.

Soliq tekshiruvi doirasida soliq to‘lovchi — yuridik shaxslar ishchi-xodimlari haqiqiy soni va soliq hisobotida aks ettirilgan ishchi-xodimlar soniga muvofiqligi tekshiruvi amalga oshirilishi mumkin.

Soliq tekshiruvi doirasida uni amalga oshirish dasturida nazarda tutilgan holatlar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilishi kerak.

Mavzuga oid