Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aholi va tadbirkorlardan ortiqcha hujjat talab qilib kelgan tashkilotlar ma’lum qilindi
Prezident qarori hamda farmonlari asosida davlat xizmatlari ko‘rsatish tartiblariga rioya etilishi holati respublika miqyosida o‘rganildi.
“Davlat xizmatlari yangiliklari” kanali xabariga ko‘ra, o‘rganish natijasida qator vazirlik va idoralar tomonidan qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilmagan holda fuqarolar hamda tadbirkorlik sub’yektlaridan davlat xizmatlari ko‘rsatilishida hamda ishga qabul qilish jarayonida ortiqcha hujjatlar talab qilingani aniqlandi.
Ular quyidagilar:
- «O‘zsuvta’minot» AJ – 600 dan ortiq;
- «Hududgazta’minot» AJ – 300 dan ortiq;
- Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi – 50 dan ortiq;
- «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ – 40 dan ortiq;
- Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi – 20 dan ortiq;
- Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi – 20 dan ortiq.
Adliya vazirligi tomonidan qonunchilik hujjatlari buzilishiga yo‘l qo‘ygan yuzasidan yuqoridagi vazirlik va tashkilotlarga nisbatan taqdimnoma hamda ogohnoma ta’sir choralari qo‘llanildi.
Mavzuga oid
11:43 / 13.05.2025
Navoiyda 55 yoshli ayol hujjatlarda erkak sifatida qayd etib kelingani aniqlandi
15:26 / 29.04.2025
Davlat xizmatchilarining mol-mulkini deklaratsiyalash bo‘yicha qonun loyihasi may oyida tayyor bo‘lishi kerak
18:38 / 28.04.2025
Nomoddiy madaniy meros namunalarini ro‘yxatga kiritish bilan bog‘liq reglament tasdiqlandi
21:10 / 12.04.2025