Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaraoldi hududlarida savdo-logistika markazlari tashkil etiladi
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari O‘zbekiston-Qirg‘iziston taraqqiyot jamg‘armasi raisini qabul qildi.
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev kecha O‘zbekiston-Qirg‘iziston taraqqiyot jamg‘armasi raisi Aziz Aliyevni qabul qildi.
O‘zbekiston-Qirg‘iziston taraqqiyot jamg‘armasi 2021 yil 14 aprelda o‘z ishini boshlagan. Jamg‘arma faoliyati ustuvor vazifasi - ahamiyatli tarmoqlarda istiqbolli va yuqori rentabelli qo‘shma investitsiya loyihalarini moliyalashtirish orqali ikki davlat o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish.
Jamg‘arma kengashiga ko‘rib chiqish uchun taklif etilayotgan loyihalar, ular iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati, rentabelligi va amalga oshirish muddatlarini hisobga olgan holda o‘rganildi. Transport infratuzilmasini rivojlantirish, chegaraoldi hududlarda savdo-logistika markazlarini tashkil etish bo‘yicha loyihalar ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda tomonlar yaqin kelajakda jamg‘arma kengashi yig‘ilishini o‘tkazishga kelishib oldi. Unda tashkilot operatsion va investitsiya faoliyati bilan bog‘liq bir qator hujjatlarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
11:43 / 26.05.2025
Faqat milliy mahsulotlar sotiladigan savdo markazlari ishga tushiriladi
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025