Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida 10 mrld so‘mga «Yangi O‘zbekiston» bog‘i quriladi – hokim farmoyishi
Toshkent viloyati Nurafshon shahrida «Yangi O‘zbekiston» bog‘i qurilishiga 10 mlrd so‘m mablag‘ ajratilmoqda.
Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev farmoyishi bilan 2022 yil 5 avgustda viloyat markazida «Yangi O‘zbekiston» bog‘i qurilmoqda. Nurafshon shahrida barpo etilishi rejalashtirilayotgan bog‘ qurilishiga 10 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.
Farmoyishga ko‘ra, bu mablag‘ viloyat mahalliy budjetining 2022 yil II choragi yakuni bilan shakllangan daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan ajratilmoqda. Qurilish viloyat markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari doirasida amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab qurilgan «Yangi O‘zbekiston» bog‘i 2021 yil avgust oyida ochilgan.
2021 yilning oxirida Toshkent viloyati sobiq hokimi Davron Hidoyatovning Nurafshon shahrida Zulfiya Zokirova sharafiga haykal majmuasini qurish uchun 28,4 milliard so‘m hamda zamonaviy kutubxona binosini qurish uchun 6 milliard so‘m mablag‘ ajratish bo‘yicha farmoyishi muhokamalarga sabab bo‘lgan, ko‘pchilik faollari maqsad Zulfiya Zokirovaga ehtirom ko‘rsatish bo‘lsa, uning nomiga maktab qurishni taklif qilgandi.
Tanqid va e’tirozlarga qaramay, hokimlik haykal qurish loyihasi bekor qilinmagan, balki kechiktirilganini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
18:52 / 21.05.2025
Toshkent viloyatida uyida yo‘lbars boqib kelgan shaxs aniqlandi
10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi
14:50 / 13.05.2025