Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIVga avtomaktablar va imtihon markazlariga litsenziya berish vakolati o‘tkazilishi mumkin
Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Deputatlar “Ayrim qonun hujjatlariga yo‘l harakati xavfsizligi tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ko‘rib chiqdi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, haydovchilik huquqini beruvchi guvohnomani olishga o‘qitish tadbirkorlik sub’yektlariga berilgan bo‘lib, ularga tegishli litsenziyalar Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan berilishi belgilangan.
Taklif etilayotgan qonun loyihasida yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash maqsadida endilikda haydovchilarni tayyorlovchi ta’lim sub’yektlari va imtihon markazlariga bu turdagi faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziya Ichki ishlar vazirligi tomonidan berilishi belgilanmoqda.
Bildirilishicha, qonun loyihasi qabul qilinishi haydovchilarni tayyorlovchi ta’lim sub’yektlariga litsenziya berish va ularni faoliyatini nazorat qilish yagona davlat organi — ichki ishlar organlari yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalari vakolatiga o‘tkazish orqali ta’lim sifatini oshirilishiga hamda yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlanishiga erishiladi.
Mazkur qonun loyihasi deputatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Mavzuga oid
12:02 / 16.05.2025
Umra litsenziyasi berilgan turfirmalar soni 2 taga ko‘paydi
16:23 / 30.04.2025
Turagentlik faoliyati uchun litsenziya talabi bekor qilinadi
18:33 / 18.04.2025
Mineral o‘g‘itlar va pestitsidlar savdosi uchun endi litsenziya talab qilinadi
15:04 / 08.04.2025