Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda OIV, gepatit, sil va boshqa infeksiyalarni aniqlash uchun test tizimlari ishlab chiqarilishi mumkin
Joriy yil 7 avgust kuni bosh vazir o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi hukumat komissiyasi Toshkent viloyatida o‘z ishini davom ettirib, bir qator yirik investitsiya loyihalariga tashrif buyurdi.
Tashrif yo‘nalishi bo‘ylab birinchi bo‘lib tibbiyot, veterinariya va oziq-ovqat xavfsizligi sohalari uchun biotexnologik mahsulotlarni ishlab chiqish va ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan «Rossa» MChJ kompaniyasi ko‘zdan kechirildi.
Loyihani amalga oshirish uchun 5 mln dollardan ortiq mablag‘ jalb qilindi. Bu yerda zamonaviy uskunalar o‘rnatildi va tajribali mutaxassislar ishlamoqda. 2021-2022 yillardagi pandemiya davrida kompaniya SES ehtiyojlari uchun kovid tashxisini qo‘yish uchun 3,8 mln PZR-testi yetkazib berdi.
Hukumat komissiyasi a’zolariga kompaniya yangi ishlanmalari, jumladan OIV, B va C gepatitlari, odam papilloma virusi, sil, gerpes va boshqa infeksiyalarni aniqlash uchun PZR-test tizimlari taqdim etildi.
Tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda biznes uchun dolzarb masalalar ko‘tarildi, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha konstruktiv g‘oyalar bildirildi.
Mavzuga oid
08:40 / 18.03.2025
Aholi gavjum joylarda OIV infeksiyasiga tekshirish tadbirlari o‘tkazilmoqda
16:45 / 28.01.2025
Britaniyada 14 kishiga fuqarolik olib berish uchun parik kiyib test topshirgan ayol hibsga olindi
17:23 / 12.12.2024
Rossiyada migrantlar uchun rus tili va tarix imtihonining yagona narxi belgilandi
23:55 / 26.11.2024