Jahon | 14:06 / 09.08.2022
18658
4 daqiqa o‘qiladi

Mikolayivdagi ukrain razvedkachilari, Donbassdan evakuatsiya. Urush suratlari

8 avgust kuni «Mediazona» va BBC rus xizmati Ukrainada kamida 5420 nafar rossiyalik harbiy halok bo‘lganini tasdiqladi. Pentagondagilar esa urush boshidan buyon halok bo‘lgan yoki yaralanib safdan chiqqan RF harbiy xizmatchilari soni 70 mingdan 80 minggacha yetishi haqida ma’lumot berdi. Ukrainadagilar Amnesty International Ukraina qurolli kuchlari tomonidan qoida buzilishlarga qo‘l urilayotgani haqidagi hisobotini tayyorlashda bosib olingan hududlardagi «filtrlash lagerlari»dan kelgan odamlarning ko‘rsatmalaridan foydalanganini aytmoqda. Zaporijjya oblastining «yangi ma’muriyati» rahbari Yevgeniy Balitskiy «Rossiyaga qo‘shilish to‘g‘risida»gi referendum o‘tkazish bo‘yicha qarorini imzoladi.

Quyida urushning 166-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Donbass shimoli

Pokrovskdagi temiryo‘l bekatida onasini evakuatsiya poyezdiga chiqarishda yordam berishi mumkin bo‘lgan ko‘ngillilarni kutayotgan erkak. Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabiga ko‘ra, rossiyaliklar 8 avgust kuni Marinka va Shevchenko aholi punktlari yo‘nalishida yorib o‘tishga harakat qilgan, ammo chekinishga majbur bo‘lgan
Alex Chan Tsz Yuk / SOPA Images / LightRocket / Getty Images
Pokrovskdan Dneprga yo‘lga chiqqan evakuatsiya poyezdidagi bolalar
Alex Chan Tsz Yuk / SOPA Images / LightRocket / Getty Images
Ukrainalik harbiy Volodimir Dneprga jo‘nab ketayotgan rafiqasi Tatyana bilan vidolashmoqda
Alex Chan Tsz Yuk / SOPA Images / LightRocket / Getty Images
Ukraina nazoratida qolayotgan aholi punktlarida yashovchi bolalar va o‘smirlar cho‘milish uchun ko‘lga ketmoqda. Avgust oyi boshida mamlakat hukumati Donetsk oblastidan majburiy evakuatsiya boshlanishini e’lon qildi. Sovuq kunlar tushishi bilan janglar ketayotgan hududlar isitish va elektr tizimisiz qolishi kutilmoqda. Foto: Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA
Ko‘lda cho‘milayotgan bolalar.
Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA
Donbass sharqida Ukraina nazoratida qolayotgan hududdagi bolalar
Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA
Bolakay ko‘ldagi sayr vaqtida iti bilan
Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA
Kramatorsklik ayol o‘g‘li bilan kun botish vaqtida parkda ketmoqda. Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi shu kuni rossiyalik kuchlar, katta ehtimol bilan, Kramatorske va Donetskda piyodalarga qarshi PFM-1 va PFM-1S minalari qo‘llashi mumkinligini xabar qildi. Bunday o‘q-dorilar «kapalak mina» yoki «gulbarg» deb ataladi.
David Goldman / AP / Scanpix / LETA

Mikolayiv oblasti 

Ukrainalik harbiy janubdagi front chizig‘ida. Mikolayiv oblasti ma’muriyati rahbari Vitaliy Kimning ma’lum qilishicha, 8 avgustga o‘tar kechasi hudud o‘qqa tutilishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yana besh kishi yaralangan. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘qqa tutish oqibatida turar joy binolari va fuqarolik infratuzilmasi obektlari shikastlangan. Foto: Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Rossiyaliklar zarbasidan vayron bo‘lgan cherkovdagi ikona
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Ukrainlar razvedka guruhi pikap yukxonasida oldingi chiziqqa ketmoqda
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Qizil Xoch jamiyatining Ukrainadagi bo‘limidan insonparvarlik yordami qabul qilgan mikolayivlik ayol
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Iyul oyi o‘rtalarida rossiyaliklar zarbasiga uchragan «Mikolayiv» mehmonxonasi oldidan o‘tayotgan shaharliklar
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid