O‘zbekiston | 10:01 / 09.08.2022
2134
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Shayxontohur va Chilonzor tumanlari ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Shayxontohur tumani, Bunyodkor ko‘chasida joylashgan yerosti gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlari olib borilishi munosabati bilan bugun soat 10:00 dan 17:00 ga qadar Chilonzor tumani, Qozirobod mahallasida, Qozirobod ko‘chasida hamda Shayxontohur tumani, Beshyog‘och mavzesida, Oqtepa mikrorayonida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Shayxontohur tumani, Zulfiyaxonim ko‘chasidan o‘tgan D-159, 108-mm.li o‘rta bosimli gaz quvurlarini xavfsiz joyga ko‘chirish ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli bugun soat 10:00 dan 17:00 gacha Shayxontohur mahallasida, Olmazor tumani, Sebzor mahallasida tabiiy gaz ta’minotini yetkazib berish vaqtinchalik to‘xtatiladi.

«Hududgaz Poytaxt» gaz ta’minoti filiali yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ragan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid