O‘zbekiston | 07:37 / 10.08.2022
4214
1 daqiqa o‘qiladi

«Do‘stlik» chegara bojxona posti orqali harakatlanish vaqtincha to‘xtatiladi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasidagi «Do‘stlik» chegara bojxona posti orqali fuqarolar va transport vositalarining o‘tishi vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Bu haqda Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

«Qirg‘iziston Respublikasining «Dostuk» chegara o‘tkazish punktida qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borilayotganligi sababli, «Do‘stlik» chegara bojxona posti orqali fuqarolar va transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatilishi to‘g‘risida ogohlantiramiz», deyiladi xabarda. 

Viloyat hokimligidan ma’lum qilishlaricha, bojxona posti bugun, 10 avgust kuni soat 08:00 dan 12:00 gacha yopiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid