O‘zbekiston | 22:09 / 11.08.2022
14031
2 daqiqa o‘qiladi

Xavf ostidagi “Zarafshon” milliy tabiat bog‘i Ekoqo‘mita tizimiga o‘tkazildi

Samarqanddagi “Zarafshon” milliy tabiat bog‘i O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidan Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimiga o‘tkazildi. Bu – 10 avgust kuni qabul qilingan hukumat qarorida belgilandi.

“Zarafshon” milliy tabiat bog‘i / Foto: Agroturism.uz

2 426,2 gektarlik milliy tabiat bog‘ini qabul qilish-topshirish ishlarini tashkil etish bo‘yicha respublika komissiyasi tuzildi va unga Ekologiya qo‘mitasi raisi Narzullo Oblomurodov rais bo‘ldi. Komissiyaga qator vazifalar, xususan quyidagilar yuklatildi:

  • 3 oy muddatda tabiat bog‘ining nizomini ishlab chiqish, tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
  • bog‘ chegaralariga qayta aniqlik kiritish;
  • bog‘ hududida ekologik nazoratni kuchaytirish;
  • Fanlar akademiyasi bilan birgalikda bog‘ hududida tabiiy obektlar monitoringini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va boshqalar.

Avvalroq Kun.uz Zafarshon daryosi hududida qurilgan o‘nlab karerlar faoliyati natijasida daryoda suvi sathi keskin kamayib borayotgani va uning oqibatlari haqida yozgandi.

Shu bilan birga, Zarnews muxbiri Anastasiya Pavlenko daraxtlar kesilishi sabab “Zarafshon” milliy tabiat bir bir necha yil ichida yashil vohadan amalda yarim cho‘lga aylanib qolgani haqida maqolalar e’lon qilgan.

Mavzuga oid