Samarqand shahri va bir necha tumanlar chegaralari o‘zgartiriladi
Zarafshon daryosi qirg‘og‘i bo‘ylab «Shirin» zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksi barpo etilishi sababli, shahar va tumanlarning chegaralari o‘zgartiriladi.
Senatning majlisida Samarqand viloyatining Samarqand shahri, Samarqand va Oqdaryo tumanlari chegaralarini o‘zgartirish masalasi ma’qullandi.

«Samarqand shahrida «Shirin» zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qaroriga ko‘ra, Samarqand shahridan o‘tgan Zarafshon daryosi qirg‘og‘i bo‘ylab 15 km uzunlikdagi masofada qiymati 10 mlrd dollarlik «Shirin» zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksini barpo etish reja qilingan.
Senatorlar ko‘rib chiqqan masalada Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidan 243 gektar, Samarqand tumanidan 170 gektar, jami 413 gektar yer maydoni Samarqand shahri tarkibiga o‘tkazilishi nazarda tutilmoqda.
Natijada amaldagi 252 gektardan iborat «Shirin» mavzesi hududi kengaytirilib, jami 665 gektar maydonni tashkil etadi.
Muhokamalar jarayonida tasdiqlangan master reja bo‘yicha hududda 180 ming aholiga mo‘ljallangan jami 60 mingta xonadondan iborat 254 ta ko‘p qavatli uylar, 45 ta ijtimoiy soha obekti quriladi.
Mazkur «Shirin» shaharchasida bunyodkorlik loyihalarini amalga oshirish muddatlari aniq rejalashtirilgan va qurilish ishlari 3 ta bosqichda olib boriladi.
Ta’kidlanishicha, senatorlarning yakdil fikriga ko‘ra, viloyatdagi chegaralarning o‘zgartirilishi Samarqand shahrining me’moriy qiyofasini yaxshilash va obodonlashtirish, xorijiy va mahalliy investorlar uchun jozibadorligini oshirish, shaharning turizm salohiyatidan samarali foydalanish, zamonaviy biznes, moliyaviy va turistik infratuzilmalarni jadal rivojlantirishni ta’minlash va eng asosiysi aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
Mavzuga oid

17:01 / 08.04.2025
Samarqand iqlim forumida qanday natijalarga erishildi?

14:48 / 08.04.2025
Samarqandda Imom Moturidiy yodgorlik majmuasini kengaytirish uchun 217 ta turarjoy binosi buziladi

10:47 / 08.04.2025
Samarqandda haydovchi 25 nafar bolani Damas'ga mindirib ketayotgani aniqlandi

18:50 / 05.04.2025