Amnesty International Ukrainaning tanqidiga javob qaytardi
Avvalroq Ukraina strategik kommunikatsiyalar markazi Amnesty International hisobot tayyorlash uchun Rossiya nazorati ostidagi hududlardagi qamoqxonalar yoki «filtratsion lagerlar»dagi odamlarning ko‘rsatmalaridan foydalanganini bildirgandi.

Foto: Depositphotos
Amnesty International tashkiloti Ukraina qurolli kuchlari aholi turar joylari, maktab va shifoxonalarda joylashgani to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlashda Rossiya nazorati ostidagi hududlarda yashovchi aholining ko‘rsatmalaridan foydalanilganini inkor etadi.
Tashkilot Ukraina strategik kommunikatsiyalar markazining tegishli bayonotiga ana shunday javob qaytardi. Avvalroq markaz huquqni himoya qilish tashkiloti hisobot tayyorlash uchun Rossiya nazorati ostidagi hududlardagi qamoqxonalar yoki «filtratsion lagerlar»dagi odamlarning ko‘rsatmalaridan foydalanganini ta’kidlagandi.
«Biz qo‘shimcha dalillar to‘plash uchun intervyu olgan odamlarning hech biri Rossiya qamoqxonalari yoki «filtratsion lagerlari» yoxud Amnesty International kira olmaydigan Rossiya nazorati ostidagi hududlardan emas», — deyiladi tashkilot bayonotida.
4 avgust kuni Amnesty International «Ukraina urushi taktikasi tinch aholiga xavf tug‘diryapti» nomli hisobotini e’lon qildi. Unda huquq himoyachilari UQK bo‘linmalari bir necha bor turar joylar, maktablar va kasalxonalar hududida o‘z texnikalarini joylashtirgani hamda shu pozitsiyalardan o‘q uzganini, bu esa tinch aholi uchun xavf tug‘dirayotganini ta’kidlagan.
Tashkilotning Ukrainadagi vakolatxonasi direktori Oksana Pokalchuk hisobot e’lon qilingan kunning ertasiga ishdan bo‘shaganini e’lon qildi.
Amnesty International tashkilotining Shvetsiyadagi bo‘linmasi hammuassisi Per Vestberg ham Ukraina qurolli kuchlari ayblangan hisobotdan norozi bo‘lgani uchun o‘z lavozimini tark etishini aytdi.
Tashkilot keyinroq mazkur hisobot uchun uzr so‘radi. Shu bilan birga, huquq himoyachilari hisobotda keltirilgan xulosalardan voz kechmasligini bildirgan.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
Mavzuga oid

17:59 / 06.04.2025
Kiyev raketalar hujumiga uchradi

08:51 / 06.04.2025
Rossiya Kriviy Rihga raketa zarbasi yo‘lladi – fotolar

21:08 / 05.04.2025
Ukraina hukumati AQSh bilan yer qa’ri bo‘yicha kelishuv loyihasining sizib chiqishini tekshiradi

21:01 / 04.04.2025