Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Bir tonna qora metall narxi 600 dollar bo‘lsa, murakkab qotishmalar bahosi 10 mingdan oshadi” – prezident ishlab chiqarishda ilm ahamiyati haqida
Bugun, 12 avgust kuni davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev Bekobod shahriga tashrif buyurdi. Metallurgiya sohasi vakillari bilan uchrashgan davlat rahbari sohada innovatsiyani kengroq qo‘llash zarurligi haqida ta’kidladi.
“Jahondagi vaziyatni ko‘ryapsiz, logistika murakkablashyapti. Xorijdan mahsulot keltirish nafaqat qiyinlashdi va muddati cho‘zildi, balki qimmatlashdi. O‘zbekistonda esa metallga bo‘lgan talab kun sayin oshib boryapti. Yaqin yillarda 7 mingdan ziyod uy-joy qurishni rejalashtirganmiz.
Sohada temir va temir mahsulotlari ishlab chiqarish 1,8 barobar o‘sib, 2 million tonnadan ko‘paydi. Kelgusida esa, bugun biz tanishgan Quyuv prokat majmuasida yiliga yana 1 million tonna po‘lat listlari ishlab chiqariladi. Mazkur loyiha ishga tushgach, kombinat quvvatlari 2 baravarga oshadi. Ya’ni, ko‘z oldimizda, mamlakatimizning yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi tarmog‘i – zamonaviy qora metallurgiya sanoati bunyod etilmoqda.
Sohada ilmning, innovatsiyaning ahamiyati beqiyos. Jahon bozorida bir tonna qora metall narxi 600 dollar bo‘lsa, qo‘shimcha qiymat jalb qilib, chuqur qayta ishlangan murakkab qotishmalar bahosi 10 ming dollardan oshadi”, – dedi davlat rahbari yig‘ilganlarga.
Mavzuga oid
17:38 / 25.12.2024
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
15:59 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon samolyoti halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi
00:30 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga bordi
20:19 / 24.12.2024