“Metallolom”da 130 ta korxona past quvvatda ishlamoqda, 56 ta korxona faoliyatini to‘xtatgan” – prezident metallurgiya muammolari haqida
Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev 12 avgust kuni metallurglar shahri bo‘lgan Bekobodga tashrif buyurdi. Dastlab ishlab chiqarish jarayoni va yangi sex qurilishi jarayoni bilan tanishgan davlat rahbari zavod hududi soha vakillari, tadbirkorlar hamda faollar bilan uchrashdi.
“Metall ishlab chiqaruvchi korxonalarni xomashyo bilan kafolatli ta’minlash masalasi juda muhim. Bu masalada metall xomashyosi yetishmovchiligini qoplash bo‘yicha mavjud salohiyatimiz va zaxiralardan qanchalik samarali foydalana olyapmiz, degan savolga javob topishimiz kerak. Misol uchun, “metallolom”da ishlashga moslashgan 130 ta korxona past quvvatlarda ishlamoqda, 56 ta korxona esa, faoliyatini to‘xtatgan. Ayniqsa, bu masala Qoraqalpog‘iston, Andijon, Jizzax, Sirdaryo va Farg‘onada dolzarbligicha qolmoqda. Men bu tadbirga hokimlarni bekorga jalb qilganim yo‘q. Nima uchun ular ushbu korxonalarni boshqa xomashyo turlariga moslashtirishni o‘ylamayapti?!
Metallo-prokat va temir list bo‘yicha o‘sayotgan talabni qondirish uchun, barcha viloyatlarda zamonaviy texnologiyalarga ega metall ishlab chiqaruvchi korxonalar tashkil qilishni qo‘llab-quvvatlash kerak. Misol uchun, respublika bo‘yicha metall ishlab chiqarish quvvatlari 2 million tonnadan ortiq bo‘lib, ular asosan Toshkent, Samarqand va Namangan viloyatlari hamda Toshkent shahrida joylashgan. Biroq Xorazmda ushbu quvvatlar 4,5 ming tonnani, Andijonda – 7,5 ming tonna va Buxoroda – 8,5 ming tonnani tashkil etadi”, – deya prezident so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Shuningdek, davlat rahbari iqtisodiyotning nisbatan yangi yo‘nalishlariga ham katta miqdorda metall zarurligini ta’kidladi.
“Yana bir masala — yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan tarmoqlar, jumladan avtomobil va mashinasozlik, energetika, elektrotexnika sanoati uchun mahsulotlar hamda zamonaviy metall konstruksiyalar ishlab chiqarishga ustuvor ahamiyat berish lozim. Kelgusi yillarda qayta tiklanuvchi energetika sohasida 10 ming Mega-vatt quvvatlarni barpo etishni reja qilganmiz. 1 Megavatt quyosh stansiyasi uchun, 45 tonna metall konstruksiya, shamol stansiyasiga esa, 120 tonna metall kerak. Ya’ni, birgina shu sohaning o‘ziga kamida 800 ming tonna metall kerak bo‘ladi”, — dedi prezident.
Mavzuga oid
07:31
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
14:13 / 21.11.2024
Akmal Saidov Shavkat Mirziyoyevga: “Yangi O‘zbekiston parlamentining me’mori kim deyishsa, sizni aytardim”
08:10 / 21.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatini rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
17:59 / 20.11.2024