O‘zbekiston | 10:43 / 12.08.2022
3173
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda avtobus va mikroavtobuslar parki 60 foizga eskirgani ma’lum bo‘ldi 

“Hududlarda yo‘lovchi tashish tizimini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi e’lon qilindi.

Respublika hududlaridagi jamoat transporti tizimi xatlovdan o‘tkazilgani hamda hududlarni to‘liq jamoat transporti bilan qamrab olish uchun 4 969 ta avtobus va 3 400 ta mikroavtobus yetishmasligi hamda mavjud avtobus va mikroavtobuslar parki 60 foizga eskirgani ma’lum qilindi.

Quyidagilar respublikada jamoat transportida yo‘lovchi tashish tizimini rivojlantirish asosiy yo‘nalishlari etib belgilanadi:

  • aholi talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda hududlardagi transport tarmoqlari viloyat, shahar, tuman hamda mahallalar bilan bog‘liqligini ta’minlash;
  • hududlar jamoat transporti bilan umumiy qamrab olingani doirasida avtobuslar bilan qamrab olish ulushini oshirish;
  • aholi uchun transport xizmatlari sifati, ommabopligi, qulayligi va tezkorligini oshirish hamda shaharlarda barqaror yo‘lovchi tashish transport tizimini yaratish;
  • hududlar o‘rtasida barcha transport turlarida muntazam qatnovlarni maqbul narxlarda tashkil etish orqali jamoat transporti jozibadorligi va aholi mobilligini oshirish;
  • yo‘lovchi transporti infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va tashishlar xavfsizligini ta’minlash;
  • ilg‘or axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali intellektual transport tizimini yaratish;
  • jamoat transporti harakat tarkibini bosqichma-bosqich zamonaviy transport turlari bilan yangilash maqsadida tashuvchilar uchun qulay mexanizmlar joriy etish.

Mavzuga oid