Jahon | 13:41 / 13.08.2022
29432
4 daqiqa o‘qiladi

Raketa hujumi fonidagi selfi, bomba tushgan uyni tomosha qilayotgan bolalar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 170-kuni ortda qoldi.

15 avgust, Ukrainadagi urushning 170-kunida bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida bo‘lgan 522 nafar ukrain harbiysining jasadi Ukrainaga qaytarildi.

Rossiya nazoratidagi Zaporijjya oblasti rasmiylari hududdagi AES konservatsiya qilinishi (energoblokni tarmoqdan uzib, uni minimal quvvatga o‘tkazish) mumkinligini ma’lum qildi – stansiyaga oxirgi vaqtlarda doimiy hujumlar uyushtirilmoqda, har ikki tomon bunda bir-birini ayblayapti.

BBC rus xizmati, o‘z surishtiruvlariga tayanib, Rossiya hukumati Ukrainadan kelgan qochqinlarni qabul qilishga 10 mlrd rubldan ortiq xarajat qilgan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi.

The Washington Post gazetasi, ukrainalik anonim amaldor ma’lumotlariga asoslanib, bosib olingan Qrimdagi Rossiya aviabazasiga kuchli hujumni Ukraina maxsus kuchlari amalga oshirganini xabar qildi. Hujum natijasida kamida 7 ta samolyot yo‘q qilingani aytilmoqda.

Kanadaning geosiyosiy xatarlarni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi SecDev kompaniyasi 2014 yildan buyon Rossiya nazoratiga o‘tgan Ukraina tabiiy  boyliklari tahlilini e’lon qildi. Ekspertlarning baholashicha, hozirda Rossiya Ukrainadagi $12,4 trln dollarlik foydali qazilmalar konlarini o‘z nazoratiga olgan.

Ukrainaning Vashingtondagi elchisi AQSh Moliya vazirligiga so‘rov yuborib, Rossiyaning barcha xususiy banklariga sanksiyalar kiritishni so‘radi.

Quyida – 12 avgust kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Zaporijjya oblasti

Berdyansk shahri chekkasidagi bilbord. Qisman bosib olingan Zaporijjya oblastida Rossiya tarkibiga kirish bo‘yicha referendumga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Referendum sentabr oyida bo‘lishi mumkin. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy agar “psevdoreferendumlar” o‘tkazilsa, Ukraina Rossiya bilan muzokara o‘tkazish g‘oyasidan umrbod voz kechishini aytdi.
Foto: Sergey Ilnitskiy / EPA / Scanpix / LETA

Xarkiv

Xarkiv oblastida ukrainalik harbiylar “Grad” baravar o‘t ochish reaktiv tizimini tayyorlamoqda, uning yordamida Rossiya pozitsiyalariga zarba beriladi.
Foto: Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Xarkiv oblastidagi ukrain pozitsiyalari ixtiyoridagi “Grad” baravar o‘t ochish reaktiv tizimlari
Foto: Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Xarkiv oblastidagi Ukraina qurolli kuchlari “Grad” yordamida Rossiya pozitsiyalariga zarba bermoqda.
Foto: Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Donetsk oblasti

Donetsk oblastida joylashgan Kontantinovka shahridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish stansiyasi. Qum to‘ldirilgan qoplar stansiyani hujum vaqtlarida yong‘indan himoyalash uchun kerak.
Foto: Nacho Doce / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina favqulodda vaziyatlar xizmati xodimi Donetsk oblastidagi Baxmut shahrida o‘q yegan ayolga yordam bermoqda. Ukraina Bosh shtabiga ko‘ra, rossiyaliklar Pokrovskoye – Baxmut, Vidrodjyennya – Vershina, Vuhlegir IES – Zaytsevo yo‘nalishlarida hujumga o‘tgan, biroq ulardan birortasida muvaffaqiyat qozonmay, chekinishga majbur bo‘lgan.
Foto: Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukraina favqulodda vaziyatlar xizmati Baxmutda yashovchi yaralangan fuqaro tashilgan zambilni qondan yuvyapti.
Foto: Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Baxmutdagi ko‘chaning o‘qqa tutilishi oqibati
Foto: Kostyantin і Vlada Lіberovi
Baxmut
Foto: Kostyantin і Vlada Lіberovi
Kramatorskda yashovchi bolalar raketa tushgan uy oldini tozalayotgan xodimlarni kuzatib turishibdi.
Foto: David Goldman/AP

Mavzuga oid