O‘zbekiston | 07:21 / 15.08.2022
3452
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiy ko‘chasining bir qismi yopildi

Toshkent shahrida Navoiy ko‘chasining bir qismi yopildi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar bermoqda.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Qayd etilishicha, Navoiy shohko‘chasida yo‘l qurilishi ishlari olib borilmoqda.

Shu sababli, 14 avgust soat 20:00 dan ishlar yakunlanguniga qadar ushbu ko‘chaning Abay ko‘chasi bilan kesishmasidan Xadra maydoni Furqat ko‘chasigacha bo‘lgan qismi yopiladi.

Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanish so‘ralgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid