Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda obodonlashtirish xodimini mashinada urib, voqea joyidan qochib ketgan haydovchi ushlandi
Joriy yil 15 avgust kuni taxminan soat 12:50 da, Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasida Spark rusumli mashina haydovchisi yo‘l chetida turgan piyodani urib yuborgan.
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, u birinchi yordam ko‘rsatmay, voqea joyidan ketib qolgan.
Oqibatda, piyoda, shahar obodonlashtirish boshqarmasi ishchisi, 1967 yilda tug‘ilgan, G.K. olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Avtomashinada piyodani urib, voqea joyidan qochib ketgan haydovchining shaxsi aniqlangan. U 1990 yilda tug‘ilgan Yu.R. ekani aniqlandi. Hozirda haydovchi ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksi 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
16:55 / 17.03.2025
Kommunal va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi vazifalar belgilab olindi
11:10 / 26.02.2025
Obodonlashtirish boshqarmasiga tegishli binoda elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
13:16 / 11.01.2025
Obodonlashtirish boshqarmalari tarkibida ichki yo‘llarni saqlash uchastkalari tashkil etiladi
16:19 / 28.12.2024