Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda to‘rtta yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etildi
Bugun, 16 avgust kunidan boshlab Toshkent shahrida qator yangi avtobus yo‘nalishlari tashkil etildi. Bu haqda Toshkent shahar transport boshqarmasi xabar bermoqda.
20-sonli "Ibn Sino 1-mavzesi-Gulobod ko‘chasi" yo‘nalishi. Yo‘nalish harakati Ibn Sino 1-mavzesidan Beltepa, Zangiota, Jarariq, Ko‘ksaroy, Ipakchi 2-tor, Ipakchi, Qo‘rg‘oncha, Oqsoy, Ko‘kcha Darvoza, Laylito‘g‘on ko‘chalari orqali Gulobod ko‘chasiga qadar soat 6:00 dan 21:30 gacha harakatlanishi belgilangan.
52-sonli "Uchuvchilar shaharchasi-Toshkent vokzali" yo‘nalishi. Yo‘nalish harakati Uchuvchilar shaharchasidan Uchuvchilar, S.Tolipov 1-tor, Qumariq, G.Aliyev, Temiryo‘lchilar, Sariko‘l, Turkiston ko‘chalari orqali, Toshkent vokzaliga qadar soat 6:00 dan 21:30 gacha harakatlanishi belgilangan.
138-sonli "Shifokorlar shaharchasi-Beruniy metrosi" yo‘nalishi. Yo‘nalish harakati Shifokorlar shaharchasidan Qamarniso, Shifokorlar, Farobiy, Paxtachi, Zafarobod, Kichik halqa yo‘li, Farobiy, Beruniy ko‘chalari orqali Beruniy metrosiga qadar soat 6:00 dan 21:30 gacha harakatlanishi belgilangan.
139-sonli "Birlik mavzesi-Chilonzor metrosi" yo‘nalishi. Yo‘nalish harakati to‘g‘ri yo‘nalishda Birlik mavzesidan Ko‘rkam, Ko‘kcha Darvoza, Nazarbek, Jurjoniy, Farhod, Kichik halqa yo‘li ko‘chalari orqali Chilonzor metrosiga qadar soat 6:00 dan 21:15 gacha harakatlanishi belgilangan.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025