Qrimdagi yong‘inlar, hali urushdan bexabar baxmutlik ayol. Urush suratlari
16 avgust kuni Qrim shimolidagi o‘q-dorilar saqlangan omborda davomli portlashlar sodir bo‘ldi. Elektrostansiya, temiryo‘l, shuningdek, aholi turar joylari ham shikastlangan. Rossiya mudofaa vazirligi ukrainlar tomonidan diversiya uyushtirilganini ma’lum qildi, Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Mixail Podolyak esa bunday «diversiya»lar soni oshishda davom etishini aytdi. Ukrainada maktab dasturidan rus tili va rus adabiyoti chiqarib tashlandi, tarix bo‘yicha kurslarga esa «rashizm» atamasi qo‘shildi. Finlandiya sentabrdan rossiyaliklar uchun turistik vizalar berishni o‘n baravarga kamaytirmoqchi. Latviyadagi hukmron koalitsiya rossiyaliklar uchun berilgan rezidentlik kartalari ayrim holatlardagina uzaytirib berilishi bo‘yicha kelishib oldi.
Quyida 16 avgust kuni, urushning 174-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Kunning asosiy voqeasi. Qrimda yongan harbiy omborxonalar