Keyingi yildan 14 ta pedagogik yo‘nalish sirtqi ta’lim shakliga qabul bo‘lmaydi
Prezident qaroriga muvofiq 2023/2024 o‘quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi.
Oliy ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, ro‘yxatda ko‘rsatilmagan pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi.
Pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlarida sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qish istagida bo‘lgan shaxslar kamida besh yillik pedagogik ish stajiga ega ekani «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksidagi ma’lumotlar asosida belgilanadi.
Mavzuga oid

20:49 / 07.05.2025
Hindistonlik talaba Toshkent tibbiyot akademiyasidagi ta’limni rasvo deb atadi. Vazirlik rad etdi

17:31 / 07.05.2025
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligiga direktor tayinlandi

21:56 / 05.05.2025
Davlat boshqaruvi akademiyasi prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi etib qayta tashkil etiladi

12:12 / 03.05.2025