Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 10:27 / 19.08.2022
9336
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkent markazida bir necha ko‘chalar avtomobillar harakati uchun yopiladi
19 avgust kuni Konya shahrida (Turkiya) bo‘lib o‘tgan V Islom birdamligi o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasini kutib olish maqsadida soat 18:00 dan 23:00 gacha bo‘lgan vaqtda poytaxt bir necha ko‘chalari avtomobillar harakati uchun yopiladi.
Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, ular quyidagilar:
- Toshkent xalqaro aeroportidan Qumariq va Sodiqjon Tolipov ko‘chalari bo‘ylab Nukus ko‘chasigacha;
- Nukus ko‘chasidan uning Oybek ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
- Oybek va Afrosiyob ko‘chalaridan Afrosiyob ko‘chasining Sharof Rashidov ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
- Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab uning Navoiy shohko‘chasi bilan kesishmasigacha;
- Navoiy shohko‘chasi bo‘ylab uning Amir Temur shohko‘chasi bilan kesishmasigacha;
- Amir Temur shohko‘chasi bo‘ylab uning Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
- Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab uning Botir Zokirov ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
- Botir Zokirov ko‘chasidan Paxtakor ko‘chasi 79-uygacha.
Haydovchilardan vaqtincha aylanma yo‘llardan foydalanish so‘ralgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025