O‘zbekiston | 14:22 / 22.08.2022
9829
1 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik tadbirkor «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan bir qator tadbirkorlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Ular orasida AQShlik tadbirkor, Paxtakor tumanidagi «Silverleafe» qo‘shma korxonasi bosh direktori Daniyel Patterson ham bor.

U «Do‘stlik» ordeniga loyiq ko‘rilgan.

Shuningdek, yana ko‘plab tadbirkorlar «Mehnat shuhrati», «Do‘stlik» ordenlari va «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan.

Davlat rahbari bugun, 22 avgust kuni mukofotlarni o‘z egalariga topshirdi.

To‘liq ro‘yxat bilan ushbu havolada tanishingiz mumkin.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid