Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Endi yangi hokimlar eski hokimning tadbirkorga yer berish haqidagi qarorini bekor qilolmaydi
Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarning mulk huquqini himoya qilish masalasi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Qayd etilishicha, bundan buyon yer va mulk ajratish haqidagi qarorlarni bekor qilish faqat va faqat sud tartibida amalga oshiriladi.
«Fursatdan foydalanib, barcha hokimlarning e’tiborini bir masalaga qaratmoqchiman – mulk huquqiga oid qarorlarni ular tomonidan bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi», - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Huquq beruvchi hujjatni faqat sud haqiqiy emas, deb topishi mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, tadbirkorlarni qiynayotgan yana bir amaliyot – tergov jarayonida mol-mulkni xatlab qo‘yish bilan bog‘liq.
Ma’lum qilinishicha, o‘tgan 3 yilda tergovchilar tomonidan aniqlangan zarardan ikki barobar ko‘p mol-mulk xatlangan (1,5 trillion so‘m).
Endi, har bir xatlovning asosli ekani sud tomonidan ko‘rib chiqiladi, qarorni faqat sud qabul qiladi. «O‘ylaymanki, shundagina adolat bo‘ladi», - dedi davlat rahbari.
Mavzuga oid
17:38 / 25.12.2024
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
15:59 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon samolyoti halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi
00:30 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga bordi
20:19 / 24.12.2024