Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev shu hafta Samarqandga boradi
Prezident Shavkat Mirziyoyev shu hafta Samarqandga tashrif buyuradi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov haftalik an’anaviy brifingda ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, boshlangan haftada prezidentning ish jadvali juda tig‘iz.
“Bugun davlatimiz rahbari tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi. Shuningdek, Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongressi a’zolari Trent Kelli va Derin Laxudni qabul qilish rejalashtirilgan”, dedi prezident matbuot kotibi.
Ta’kidlanishicha, hafta davomida hududlarda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar bilan tanishish maqsadida prezidentning Samarqand viloyatiga borishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, davlat rahbari hafta davomida mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy rivojiga bag‘ishlangan qator yig‘ilish va muhokamalarni o‘tkazadi.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025