O‘zbekiston | 19:52 / 23.08.2022
7336
3 daqiqa o‘qiladi

Jalinga texnologiyasi: «Maqsadimiz - butun dunyo bo‘yicha ta’lim standartlarini oshirish»

Qayd etilishicha, dunyoda Jalinga studiyalarining muqobili yo‘q, kompaniya jahon bozorida mutlaq yetakchi hisoblanadi.

Forbes jurnalida ta’lim jarayonida o‘ziga xos burilish yasagan Jalinga kompaniyasi va uning O‘zbekistondagi hamkorlari to‘g‘risida maqola chop etildi.

Qayd etilishicha, dunyoda Jalinga studiyalarining muqobili yo‘q, kompaniya jahon bozorida mutlaq yetakchi hisoblanadi. Rossiyadagi ko‘plab yetakchi oliy o‘quv yurtlari, maktablar va yirik kompaniyalarni zabt etgan Jalinga hozirda arab dunyosi, Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika mamlakatlaridagi hamkorlar bilan muzokaralar olib bormoqda. Kompaniyaning Angliya, Niderlandiya, Polsha, Latviyada studiyalari mavjud va tez orada AQSh, Meksika, Braziliya, Kanada, Germaniya va Yaponiyada ham ochiladi.

“O‘zbekistonga Jalinga texnologiyalari kirib kelishida davlat bilan birgalikda Hasan va Husan Mamasaidovlar rahbarligidagi MFactor kompaniyasi muhim rol o‘ynadi. Rossiyaga safarlaridan birida ular Jalinga texnologiyasining qanday ishlashini ko‘rishdi va uni O‘zbekistonga olib kelishga qaror qilishdi. Shu tarzda mamlakatning yetakchi universitetlari o‘qituvchilariga talabalar va maktab bitiruvchilari uchun kurslarni yozish imkonini beruvch Jalinga.uz loyihasiga asos solindi”, deyiladi maqolada.

Hasan Mamasaidovning so‘zlariga ko‘ra, Andijon hokimining qo‘llab-quvvatlashi bilan IELTS va oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihoni topshirish, turli ta’lim dasturlari uchun tayyorlovchi videokurslar yoziladigan Jalinga studiyasi ishga tushirildi. Ta’lim dasturi doirasida 2022-23 yillarda 160ga yaqin oliy o‘quv yurtlari studiyalarda ta’lim kontentlarini yozish uchun grantlar oladi.

«Jalinga» va iqtidorli o‘qituvchilarning salohiyati tufayli darsliklar chiqarish uchun sarflanadigan milliardlab mablag‘lar tejab qolinadi va bolalar O‘zbekistonning istalgan nuqtasida va sifatli ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi», deydi u.

«Biz kelgusi avlod yaxshi ta’lim olishini istaymiz. Shu bois kuchli o‘qituvchilarni topishimiz, ular bilan birgalikda Jalinga studiyalarida darslarni yozib olishimiz, darslarni dastlab Andijondagi, keyinchalik butun O‘zbekistondagi maktablarda translatsiya qilishimiz kerak. Hozirda oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun sifatli ta’lim dasturlarini tayyorlay oladigan o‘qituvchilarni saralayapmiz. Ularga Jalinga studiyalarida dasturlarni bepul yozish imkoniyatini beramiz va ular bu videolarni o‘zlarining YouTube-kanallariga joylashlari mumkin», deydi Husan Mamasaidov.

Hozirda O‘zbekistonda uchta studiyaga ega Jalinga maydonchasi, sahna va konferens-hududga ega Jalinga Academy mavjud. Yil oxiriga qadar O‘zbekistonda yana 20ta studiya tashkil etiladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid