O‘zbekiston | 17:38 / 23.08.2022
7605
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga jo‘nab ketdi

Samarqandda xalqaro turizm markazi ochiladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun, 23 avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazi tantanali ochilish marosimida ishtirok etish uchun Samarqandga jo‘nab ketdi.

Tashrif doirasida, shuningdek, viloyatdagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishiladi.

Bundan oldin Shavkat Mirziyoyev shu hafta Samarqandga borishi xabar berilgandi.

Mavzuga oid