Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda uchta mashina ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda ikki kishi halok bo‘ldi
Holat yuzasidan Qamashi tuman IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 23 avgust kuni soat taxminan 20:30 larda M-39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Qamashi tumani “Yuksalish” MFYdan o‘tgan 1209-kilometrida mudhish yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Qamashi tumanida yashovchi S.X. o‘z boshqaruvidagi Damas mashinasi bilan harakatlanib kelayotgan vaqtda, yo‘lning o‘ng tomonida to‘xtab turgan Yakkabog‘ tumanida yashovchi B.A. boshqaruvidagi Damas mashinasining orqa qismiga urilgan.
Yakkabog‘lik haydovchiga tegishli Damas yo‘lning o‘ng tomon chekka qismiga ag‘darilib ketib, yo‘l chetidan harakatlanib ketayotgan piyodani urib yuborgan.
Qamashilik haydovchi ham Damas boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va ro‘paradan kelayotgan Spark bilan to‘qnashgan.
Hodisa oqibatida, piyoda yo‘lovchi va Damas mashinasi haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib vafot etgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Qamashi tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Muborak tumanida Lacetti va Spark mashinalari o‘zaro to‘qnashgan va ularda bo‘lgan 8 kishi tiriklayin yonib ketgandi.
Mavzuga oid
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024
Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi
07:35 / 27.07.2024