Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Administratsiyada o‘zgarishlar davom etadi. 65 yoshli Abduvohidov maslahatchilikdan ketdi
O‘zbekiston prezidentining ta’lim va sog‘liqni saqlashga mas’ul 65 yoshli maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov lavozimidan ozod etildi. Abduvohidov Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning qudasi hisoblanadi.
O‘zbekiston prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov lavozimidan ozod etildi.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, bu haqda bugun, 25 avgust kuni Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov o‘tkazgan yig‘ilishda ma’lum qilingan. Umrzoqov aholining juda ko‘p e’tirozlari aynan ta’lim va tibbiyotga oid ekanini ta’kidlagan.
Shu yil 66 yoshga to‘ladigan Abdujabbor Abduvohidov administratsiya va hukumatdagi eng keksa yoshli amaldorlardan sanalardi. U 4 yil oldin, 2018 yil 27 avgustda prezident maslahatchisi etib tayinlangan edi.
Ma’lumot uchun, Abduvohidov Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning qudasi hisoblanadi.
Mazkur iste’fo Prezident administratsiyasida oxirgi 1 oy ichidagi beshinchi kadr o‘zgarishi bo‘ldi. Bu o‘zgarishlarning barchasi Zaynilobiddin Nizomiddinov administratsiya rahbarligidan olinib, o‘rniga Sardor Umrzoqov tayinlangani ortidan ro‘y bermoqda.
Bu tayinlovdan ko‘p o‘tmay Sunnatilla Bekenov administratsiya rahbarining yordamchisi, Komil Allamjonov esa administratsiya rahbariga o‘rinbosar etib tayinlandi. Shundan keyin prezident maslahatchisi lavozimidagi Baxtiyor Islomov Oliy sud raisi lavozimiga o‘tkazildi.
Kuni kecha Prezident administratsiyasining Nazorat inspeksiyasiga ham yangi boshliq tayinlandi. Bu lavozimni Hisob palatasi raisi o‘rinbosari Saidlaziz Saidkarimov egalladi.
Mavzuga oid
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
17:17 / 22.05.2025
3 yoshli jiyanini 3 ta tilda gapirtirgan yigit: miya sirlarini o‘rganayotgan Jamshidbek hikoyasi
15:28 / 19.05.2025
Surxondaryoda 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani aytildi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi
18:16 / 15.05.2025