Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda sanoat loyihalari ko‘paytiriladi. Prezident mutasaddilarga topshiriq berdi
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonda sanoat loyihalarini ko‘paytirish maqsadida mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
Qoraqalpog‘istonda Investorlarga ko‘mak markazi tashkil etiladi. Unda qoraqalpog‘istonlik tadbirkorlarga loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, subsidiya, kredit va kompensatsiya olish, mahsulotiga bozor topishga ko‘maklashish bo‘yicha bepul xizmatlar ko‘rsatiladi.
Investorlarga ko‘mak markazi qoshida Nukus shahridagi 10 gektar yer maydonida Sanoat texnoparki tashkil etiladi.
Kegeyli va Xo‘jayli tumanlarida Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari tashkil qilinadi.
Shuningdek, besh yil muddatga faqat Qoraqalpog‘iston tadbirkorlariga eksport mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun sotib olingan xomashyolarni, mamlakat bo‘ylab tashishda 70 foiz transport xarajatlarini qoplab berish tizimini yo‘lga qo‘yish va boshqa topshiriqlar berildi.
Davlat rahbari Qorao‘zakda mis ishlab chiqarish, Qo‘ng‘irotda yangi kaustik soda va boshqa kimyoviy moddalar ishlab chiqarish zavodlarini qurish kabi yirik loyihalarni qo‘llab-quvvatladi.
Mavzuga oid
17:38 / 25.12.2024
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
15:59 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon samolyoti halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi
00:30 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga bordi
20:19 / 24.12.2024