Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun barcha oliygohlarga alohida 6,5 mingta qabul kvotalari joriy etiladi
Qoraqalpog‘istonda ta’limni rivojlantirish va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflaridan kelib chiqib, prezident mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘istondagi yosh tadbirkorlarga 7 yilgacha muddatga imtiyozli shartlarda ssudalar ajratish yo‘lga qo‘yiladi.
Bo‘sh turgan davlat obektlarida yoshlar va xotin-qizlarni xorijiy tillar va IT sohasiga o‘qitish kurslarini tashkil etish imkoniyati yaratiladi, ushbu obektlar tadbirkorlarga 5 yilgacha bepul foydalanishga beriladi.
Qo‘ng‘irot, Nukus va Chimboy tumanlarida 4 ta “Ishga marhamat” mono-markazlari tashkil etiladi.
Faqat Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun mamlakatdagi barcha oliygohlarga alohida 6,5 mingta qabul kvotalari joriy etiladi.
Prezident Qoraqalpog‘istondagi ehtiyojdan kelib chiqib, ekologiya, qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya, qurilish sohalarida tayanch doktoranturada qo‘shimcha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yishga topshiriq berdi.
Mavzuga oid
07:40 / 17.07.2024
O‘zbekistonda shoir Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligi keng nishonlanadi
10:26 / 02.07.2024
Qoraqalpog‘istonda 15 mlrd so‘mlik davlat xaridlarini amalga oshirishda qonun talablari buzilgan – Raqobat qo‘mitasi
12:31 / 01.07.2024
Uchta hududda xorijiy davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
08:27 / 20.06.2024