Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyadagi savdo markazlarida energiyani tejash uchun eskalatorlar o‘chirib qo‘yilmoqda
Germaniyadagi qator savdo markazlarida elektr energiyasini tejash uchun eskalatorlar o‘chirib qo‘yilmoqda.
Xabar qilinishicha, Saturn hamda Galeria Karstadt Kaufhof tarmog‘iga qarashli savdo markazlari eskalatorlar ishlashini to‘xtatib qo‘yishni boshlagan.
"Biz mijozlarga noqulaylik tug‘dirmagan holda hamma yerda elektr energiyasini tejamoqdamiz", - dedi Galeria Karstadt Kaufhof tarmog‘i vakili.
ECE savdo giganti ham ertalab va kechki vaqtda eskalatorlarni o‘chirib qo‘ymoqda.
IKEA do‘konlar tarmog‘i vakili eskalatorlarni o‘chirish va "energiyani tejashning boshqa yo‘llari"ni topish imkoniyati o‘rganilayotganini aytdi.
Rossiyadan gaz yetkazilishi to‘xtashi ehtimoli sababli Germaniyada qishda energetika inqirozi yuz berishi taxmin qilinmoqda.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
08:52 / 27.05.2025