O‘zbekiston | 11:31 / 29.08.2022
1689
1 daqiqa o‘qiladi

1-sinfga onlayn qabul 30 avgust kuni yakunlanadi

Maktab o‘quvchilarini o‘z vaqtida Prezident sovg‘asi va darsliklar bilan ta’minlash uchun 2022-2023 o‘quv yili 1-sinfiga qabul jarayoni 2022 yil 30 avgust kuni soat 18:00 da yakunlanadi.

Foto: XTV

Xalq ta’limi vazirligi xabariga ko‘ra, barcha maktab rahbarlari, nodavlat ta’lim tashkilotlari 2022-2023 o‘quv yilida 1-sinfga qabul qilingan barcha o‘quvchilarni adm.maktab.uz elektron platformasiga kiritish jarayonini 30 avgust 18:00 ga qadar yakunlashi lozim.

Ma’lumot uchun, bugungi kunga qadar respublika bo‘yicha 692 ming nafardan ortiq bolalar umumta’lim maktablari 1-sinfiga qabul qilindi. Elektron qabul jarayonlari o‘tkazilayotgan hududlarda 105 ming nafardan ortiq bolalar my.maktab.uz platformasi orqali maktablarga onlayn tarzda qabul qilindi.  

Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni @mymaktab_uz telegram kanali yoki 71 203-07-04 telefon raqami orqali olish mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid