O‘zbekiston | 07:51 / 29.08.2022
1598
2 daqiqa o‘qiladi

Ayrim faoliyat turlari bo‘yicha litsenziyalar 5 yilga beriladi

Faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini (kichik turlarini) amalga oshirish uchun litsenziyalar ular amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi.

“Huquqiy axborot” kanalida yozilishicha, quyidagilarni amalga oshirish uchun litsenziyalar bundan mustasno:

  • tibbiy faoliyat;
  • farmatsevtika faoliyati;
  • mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar ulgurji va chakana savdosi bo‘yicha faoliyat;
  • giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyat;
  • tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik vositasi miqdori 0,2 foizgacha bo‘lgan kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish yoki tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish, olib kirish (olib chiqish), qayta ishlash, saqlash, realizatsiya qilish (berish), olish va tashish faoliyati;
  • ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqadan va teleradioeshittirishlarni tarqatish tarmoqlaridan foydalanish hamda ular xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyat;
  • neftni, gazni (shu jumladan siqilgan tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazini) hamda gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat;
  • affinaj faoliyati.

Ushbu faoliyat turlarini amalga oshirish uchun litsenziyalar amal qilish muddatlari faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarda va ular pasportlarida belgilanadi, lekin bu muddatlar 5 yildan kam bo‘lmasligi kerak.

Lisenziyaning amal qilish muddati tugagach, u lisenziatning arizasiga ko‘ra uzaytirilishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid