Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona va Namangan viloyatlaridagi hududlar chegarasi o‘zgartiriladi
2022 yil 29 avgust kuni Senat Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda “Farg‘ona viloyati Uchko‘prik, O‘zbekiston, Dang‘ara, Qo‘shtepa, Toshloq, Farg‘ona tumanlari va Qo‘qon, Marg‘ilon, Farg‘ona shaharlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi masala ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlanganidek, Farg‘ona viloyati shahar va tumanlari chegaralarida muammoli masalalar mavjud bo‘lib, bu ushbu hududlarda istiqomat qilayotgan aholiga turli noqulayliklar va qiyinchiliklarni kelib chiqarmoqda.
Farg‘ona viloyati Qo‘qon, Marg‘ilon va Farg‘ona shaharlari tarkibidagi hududlarda yashovchi aholi aksariyat qismi shaharlardagi ijtimoiy soha (maktab, bog‘cha, kasalxona) muassasalariga qatnashiga to‘g‘ri kelmoqda.
Muhandislik-kommunikatsiya tizimlari, elektr tarmoqlari, tabiiy gaz, ichimlik suvi ta’minoti shaharlar hududidan tortilgan bo‘lib, Qo‘qon, Marg‘ilon va Farg‘ona shaharlari tarkibiga o‘tkazilayotgan hududlarga ushbu korxonalar tomonidan xizmat ko‘rsatilmoqda.
Qo‘qon, Marg‘ilon va Farg‘ona shaharlarida aholi juda zich joylashgani sababli, shaharlarni rivojlantirish, ular hududini yanada kengaytirishda muammoli masalalar yuzaga kelmoqda.
Dastlabki muhokamalar jarayonida Farg‘ona viloyati O‘zbekiston, Dang‘ara, Uchko‘prik tumanlaridan jami 2,6 ming gektar yer maydoni Qo‘qon shahri tarkibiga, Farg‘ona, Qo‘shtepa, Toshloq tumanlaridan jami 1,1 ming gektar yer maydoni Marg‘ilon shahri tarkibiga, Farg‘ona tumanidan 812 gektar yer maydoni Farg‘ona shahri tarkibiga o‘tkazilishi kutilayotgani aytib o‘tildi.
Bundan tashqari, majlisida “Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani va Namangan shahri Davlatobod tumani, Namangan shahri chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi masalasi ham muhokama qilindi.
Unda Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidan 472,2 gektar yer maydonini Namangan shahri Davlatobod tumani tarkibiga o‘tkazish va o‘tkazilgan yer maydoni hududida “Yangi Namangan shaharchasi” kompleksini barpo etish taklifi ilgari surildi.
Barpo etilayotgan shaharcha hududida turar joy, ijtimoiy obektlari, oliy ta’lim muassasasi, biznes-markazlari, kinoteatr, madaniyat markazi, mehmonxona, IT park, san’at galereyasi hamda 68 gektar maydonda “Yangi O‘zbekiston” bog‘i barpo etiladi.
Majlis so‘nggida qo‘mita tegishli qarorlari qabul qilindi.
Mavzuga oid
22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi
17:17 / 22.05.2025