Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OIV va OITSga gumonlangan shaxslar g‘ayriixtiyoriy ravishda tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi
Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari tomonidan o‘tkaziladigan maxsus tezkor va profilaktik tadbirlarda aniqlangan OIV/OITS infeksiyasi bilan kasallanganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni budjet mablag‘lari hisobidan g‘ayriixtiyoriy ravishda tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish tartibini belgilash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Prezident qaroriga asosan ichki ishlar organlari tomonidan o‘tkaziladigan maxsus tezkor va profilaktik tadbirlarda aniqlangan OIV/OITS infeksiyasi bilan kasallanganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni budjet mablag‘lari hisobidan g‘ayriixtiyoriy ravishda tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha vazifalar belgilangan.
Ichki ishlar organlari tomonidan o‘tkaziladigan maxsus tezkor va profilaktik tadbirlarda aniqlangan OIV/OITS infeksiyasi bilan kasallanganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni davlat budjeti mablag‘lari hisobidan g‘ayriixtiyoriy ravishda tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish tartibi tasdiqlanadi.
Shunday tartib joriy etiladiki, unga muvofiq:
- 2023 yil 1 yanvardan boshlab ichki ishlar organlari tomonidan o‘tkaziladigan maxsus tezkor va profilaktik tadbirlarda aniqlangan OIV/OITS infeksiyasi bilan kasallanganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni budjet mablag‘lari hisobidan g‘ayriixtiyoriy ravishda tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi;
- OIV/OITS infeksiyasi bilan kasallanganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni g‘ayriixtiyoriy ravishda tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika OITSga qarshi kurashish markazi, Qoraqalpog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi OITSga qarshi kurashish markazi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi OITSga qarshi kurashish markazlari, tumanlararo OIV infeksiyasiga tashxis qo‘yish laboratoriyalarida amalga oshiriladi;
- OIV/OITS infeksiyasi bilan kasallanganlikda gumon qilinayotgan shaxsni g‘ayriixtiyoriy ravishda tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar tegishli moliya yilida sog‘liqni saqlash uchun davlat budjetidan ushbu maqsadlarga ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
Sog‘likni saqlash vazirligi “Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun bilan ajratiladigan mablag‘lar doirasida OIV/OITS infeksiyasi bilan kasallanganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni budjet mablag‘lari hisobidan g‘ayriixtiyoriy ravishda tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar uchun mablag‘ ajratilishini ko‘zda tutadi.
Mavzuga oid
08:40 / 18.03.2025
Aholi gavjum joylarda OIV infeksiyasiga tekshirish tadbirlari o‘tkazilmoqda
17:32 / 30.01.2025
Soliq qo‘mitasi tadbirkorlarni tekshirish samaradorligi bo‘yicha eng yomon tashkilot deb topildi
14:15 / 15.01.2025
Sayyor tekshiruv o‘tkazishda soliq organlarining huquqlari kengaytirildi
23:55 / 26.11.2024