Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turizm va madaniy meros vazirligi vazifalari belgilandi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Turizm va madaniy meros vazirligi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
Vazirlik asosiy vazifalari:
- turizm turlarini ko‘paytirish, ichki va ziyorat turizmi, ekologik turizm, etnoturizm, ishbilarmonlik turizmi, sport, gastronomik, tibbiy, ta’lim va ilmiy turizmni har tomonlama rivojlantirish, tashqi va ichki turizmni har tomonlama kengaytirish, yangi turizm yo‘nalishlarini ishlab chiqish;
- turizm xizmatlari tashqi va ichki bozorlarida marketingini olib borish, mamlakat turizm imijini yanada rivojlantirish, mamlakat turizm salohiyatini ommalashtirish va targ‘ib qilish;
- turizm infratuzilmasini shakllantirish, turizm obektlarini joylashtirish uchun salohiyatli hududlarda rejalashtirish va loyihalashtirish ishlarini tashkil etish, ularga investorlarni jalb qilish, turizm sohasida tadbirkorlik faolligi oshishiga har tomonlama ko‘maklashish;
- turizm va moddiy madaniy meros sohalari uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha takliflar kiritish, turizm faoliyati va moddiy madaniy meros sub’yektlari xodimlarini muntazam qayta tayyorlash va malakasini oshirishni yuqori sifatli darajada tashkil etish;
- turizm sohasida yagona davlat siyosatini olib borish maqsadida turizmni rivojlantirish yaxlit konsepsiyasini shakllantirish va amalga oshirishni ta’minlash;
- turizm istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash, yangi turizm mahsulotlarini yaratish, ularni pasportlashtirish, turizm sohasidagi yagona reyestrlarni shakllantirish.
Nizom quyidagilarni nazarda tutadi: vazirlik maqomi, huquqlari va javobgarligi; funksiyalari, faoliyatini tashkil etish tartibi; vazirlikni moliyalashtirish tartibi; xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish.
Quyidagilar tasdiqlandi: Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom; O‘zbekiston hududida turistik (mehmonxona) yig‘imni undirish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Jamg‘arma davlat maqsadli jamg‘armasi hisoblanadi va O‘zbekiston konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga kiritiladi. Nizom jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari va tushgan mablag‘larni vazirlik tomonidan ochiladigan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari va xorijiy valutadagi bank hisobvaraqlarida jamlash tartibini belgilaydi. Jamg‘arma mablag‘laridan Moliya vazirligi bilan kelishilgan daromadlar va xarajatlar smetasiga qat’iy muvofiq ravishda foydalaniladi.
Turistik (mehmonxona) yig‘im joylashtirish vositalari tomonidan O‘zbekiston fuqarolaridan (16 yoshgacha bo‘lgan bolalardan tashqari) BHM 0,4 foizi miqdorida, xorijiy fuqarolardan – nizomga ilovaga muvofiq miqdorlarda, ular yashagan har bir kun uchun undiriladi. To‘liq bo‘lmagan yashash kuni uchun turistik (mehmonxona) yig‘im to‘liq yashagan kun miqdorida undiriladi.
Mavzuga oid
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
12:13 / 21.05.2025
O‘zbekistonliklar uchun viza olishni osonlashtirish bo‘yicha AQSh bilan muzokara o‘tkaziladi
16:40 / 14.05.2025
Haj va Umra ziyoratlarini noqonuniy tashkil etishga uringan sayyohlik firmalari aniqlandi
17:42 / 12.05.2025