Jahon | 14:37 / 30.08.2022
25487
5 daqiqa o‘qiladi

Xarkivga yangi zarbalar, Qora dengizdagi jonsiz delfinlar. Urush suratlari

28 dan 29 avgustga o‘tar kechasi Xarkiv navbatdagi raketa zarbalariga duchor bo‘ldi — hech kim jabrlanmagan, ammo oblast ma’muriyati binosi yana bir bor shikastlangan, bu yer ilk bor 1 mart kuniyoq o‘qqa tutilgandi. Xalqaro atom energetikasi agentligi missiyasi Zaporijjya AESga yo‘l olganini ma’lum qildi. Bu vaqtda oblast aholisiga radioaktiv zararlanish ro‘y bergan taqdirda qabul qilish uchun yod tabletkalari tarqatila boshlandi. Ukraina urush sharoitida yangi o‘quv yiliga tayyorlanmoqda: faqat bombapanagohlari bor maktab o‘quvchilari darsga qatnashi mumkin.

Quyida 29 avgust, urushning 187-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Xarkiv markazi tungi zarbalardan keyin

Xarkivga raketa zarbalari berilishi natijasida oblast ma’muriyati binosi oldida hosil bo‘lgan o‘ra. Jabrlanuvchilar haqda xabar berilmagan. Foto: Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Xarkivliklar raketa zarbasidan keyingi vayrongarchilikni ko‘zdan kechirmoqda. «Belaruskі Gayun» ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya samolyotlari Belarus hududidan turib Ukrainani o‘qqa tutgan. Foto: Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA

Slovyansk o‘qqa tutilishi oqibatlari

29 avgustga o‘tar kechasi Slovyanskka zarbalar yo‘llanishi davom etdi. Ushbu shahar qo‘shni Kramatorsk bilan birga Donbassdagi Rossiya qo‘shinlari nishonida turibdi.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Scanpix / LETA
Slovyansk o‘qqa tutilishi oqibatida shahardagi aholi yashash kvartallari shikastlangan. Slovyansk shahri harbiy ma’muriyati boshlig‘i Vadim Lyax nimstansiya shikastlanishi oqibatida bir qancha mikrorayonlar elektr energiyasisiz qolganini xabar qilgan.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Scanpix / LETA
Rossiyaliklar zarbasidan hosil bo‘lgan chuqurlikda to‘plangan suvni chiqarib tashlayotgan ishchilar. Mahalliy rasmiylar hujum vaqtida ko‘p qavatli uy va maktab binosi shikastlanganini ma’lum qilgan. Otishma vaqtida halok bo‘lganlar yo‘q, ammo shikastlangan kvartiralar yashash uchun yaroqsiz holga kelgan. Ukraina qurolli kuchlari Rossiya qo‘shinlari Slovyansk yo‘nalishida ilgarilashga urinayotgani, ammo chekinishga majbur bo‘layotganini xabar qilgan. Foto: Leo Correa / AP / Scanpix / LETA
Slovyansklik kishi onasining shahar o‘qqa tutilishi vaqtida shikastlangan kvartirasini ko‘rsatmoqda. «Ozod etishning ko‘rinishi mana shunday», — degan u jurnalistlarga.
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA

Donetsk oblastida otishmalar

Donetsk oblastidagi Pazeno qishlog‘i hududida otishmalardan keyin ko‘tarilgan tutun. Bu yerda janglar davom etmoqda, Rossiya armiyasi Baxmutga yurish qilishga urinmoqda. Foto: Ammar Awad / Reuters / Scanpix / LETA
Donetsk oblasti Vasyukovka qishlog‘i hududidagi ukrain harbiylari.
Ammar Awad / Reuters / Scanpix / LETA

Zaporijjyada radiatsiya tahdidiga tayyorgarlik

Zaporijjya aholisi rossiyalik harbiylar nazoratida turgan Zaporijjya AESdan radiatsiya tarqalishi xavfi tufayli kaliy yodid tabletkalari bilan ta’minlanmoqda. Rossiya va Ukraina bir-birini AESni o‘qqa tutishda ayblamoqda.
Dmytro Smolienko / Reuters / Scanpix / LETA
Zaporijjya aholisiga tarqatilayotgan kaliy yodid tabletkalari. Organizm yod bilan to‘yintirilishi AESda jiddiy avariya yuzaga kelgan taqdirda havoga tarqaladigan radioaktiv yod zarralari qalqonsimon bez tomonidan so‘rilishi xavfini kamaytiradi.
Dmytro Smolienko / Reuters / Scanpix / LETA

Karpatortida evakuatsiya qilingan itlar uchun boshpana 

Ukrinform Agency / Scanpix / LETA
Ukrinform Agency / Scanpix / LETA
Ukrinform Agency / Scanpix / LETA
Ukrainaning Karpatorti oblastidagi Syurte qishlog‘ida ochilgan jonivorlar uchun boshpanaga Rossiya bosqinidan jabrlangan Irpin, Avdeyevki, Xarkiv oblasti va boshqa hududlardan it va mushuklar qabul qilinadi.

Kiyevda maktab o‘quvchilari uchun bombapanagoh 

Kiyevdagi maktablardan birida yangi o‘quv yili uchun tayyorlangan bombapanagohdagi sinfxona. Ukrainaning barcha maktablarida mashg‘ulotlar 1 sentabr kuni boshlanadi, ammo faqat o‘z hududida bombapanagohlar tashkil etgan yoki atrofida shunday boshpanalar mavjud bo‘lgan maktablargina oflayn ta’lim berishi mumkin. Foto: Sergey Dolzhenko / EPA / Scanpix / LETA

Odessa oblastida nobud bo‘lgan delfinlar

Ekolog Ivan Rusev Odessa oblastidagi «Tuzlovskiye limani» milliy tabiat parki hududida Qora dengiz sohilida. Rusevning aytishicha, Rossiya bosqini Qora dengizdagi minglab delfinlar o‘limiga sabab bo‘lgan. Foto: Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Ivan Rusev milliy tabiat parki hududida o‘lik delfin bilan.
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid