Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda xorijlik IT-mutaxassislarga ro‘yxatdan o‘tmasdan yashash va ishlashga ruxsat berildi
Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Moldova va rossiyalik raqamli texnologiyalar sohasida faoliyat yuritadigan mutaxassislar Digital nomad maqomini olishi mumkin.
Foto: REUTERS / STEVE MARCUS
Qirg‘iziston vazirlar mahkamasi Qirg‘izistonga ko‘chib kelgan chet ellik va fuqaroligi bo‘lmagan mutaxassis shaxslarga "raqamli ko‘chmanchi" (Digital nomad) maqomini berish to‘g‘risidagi vaqtinchalik qoidani qabul qildi.
Qayd etilishicha, Digital nomad maqomi qator mamlakatlar fuqarolariga Qirg‘izistonda ro‘yxatdan o‘tmasdan va tegishli ruxsatnomalarsiz yashash va ishlash imkoniyatini beradi.
"Dunyoda "raqamli ko‘chmanchilar" tendensiyasi o‘sib bormoqda. Ishlashi uchun faqat kompyuter va tezkor internet kifoya bo‘lgan odamlar dunyoning istalgan mamlakatida turib ishlashi mumkin. Pandemiya davrida masofadan ishlash amaliyoti ofisda ishlashi shart bo‘lmagan mutaxassislar klasterini shakllantirdi. Ularning ko‘pchiligi bir necha kompaniyada ishlaydi", - dedi Qirg‘iziston iqtisodiyot va tijorat vaziri Daniyar Amangeldiyev.
Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Moldova va rossiyalik raqamli texnologiyalar sohasida faoliyat yuritadigan mutaxassislar Digital nomad maqomini olishi mumkin.
"Qirg‘iziston "raqamli ko‘chmanchilar" ishlashi uchun qulay mamlakatga aylanishi mumkin. Bu mamlakatning turistik salohiyatini rivojlantirish, investitsiyaviy istiqboli va yangi ish o‘rinlari yaratish nuqtai nazaridan foydali hisoblanadi. Mazkur qoida "raqamli ko‘chmanchilar"ning davlat bilan munosabatlarini tartibga soladi va osonlashtiradi", - dedi Qirg‘iziston iqtisodiyot va tijorat vazirligi biznes muhit boshqarmasi boshlig‘i Musa Kataganov.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025