O‘zbekiston | 08:10 / 01.09.2022
6218
2 daqiqa o‘qiladi

Ma’muriy organ qarori ustidan sudga shikoyat qilish muddati 6 oygacha uzaytiriladi

“Sudga murojaat qilishni yanada erkinlashtirish munosabati bilan Iqtisodiy protsessual kodeks va Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.

Qonun loyihasi bilan Iqtisodiy protsessual kodeksga va Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksga quyidagi o‘zgartirishlarni kiritish nazarda tutilmoqda:

  • iqtisodiy sud ishlarini yuritishda apellyatsiya shikoyatini (protestini) berish o‘tkazib yuborilgan muddati, shikoyat (protest) bergan shaxs iltimosnomasi bo‘yicha apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan, agar iltimosnoma hal qiluv qarori qabul qilingan kundan e’tiboran kechiktirmasdan berilishi belgilangan ikki oylik muddatni olti oyga uzaytirish;
  • ma’muriy organ, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organi, ular mansabdor shaxslari qarori, harakati (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish uch oylik muddatini olti oyga uzaytirish.

Bildirilishicha, taklif etilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar:

  • fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlari huquqlari sud orqali samarali himoya etilishini ta’minlashga;
  • turli sabablarga ko‘ra vaqtida shikoyat qila olmagan taraflar sud qarori ustidan shikoyat qilish imkoniyatini kengaytirishga;
  • fuqaro va tadbirkorlik sub’yektlari odil sudlovga erishish darajasini, aholi sudlarga bo‘lgan ishonchini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid