Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha Germaniyadan 1,3 trln yevro undirmoqchi
Qayd etilishicha, Ikkinchi jahon urushida Germaniya tomonidan Polshaga yetkazilgan zarar 1,3 trillion yevroni tashkil qiladi. Berlin Polshaning reparatsiya to‘g‘risidagi talabini bir necha marta rad etgan.
Polsha Ikkinchi jahon urushida yetkazilgan zarar uchun Germaniyadan undiriladigan reparatsiyani 1,3 trillion yevro deb baholamoqda.
Varshava Berlin bilan shu miqdordagi reparatsiya borasida muzokara o‘tkazmoqchi, dedi Polshadagi "Qonun va adolat" (PiS) partiyasi yetakchisi Yaroslav Kachinskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu miqdor konservativ usulda hisoblab chiqilgan va bundan ham baland bo‘lishi mumkin edi.
Kachinskiy Germaniya iqtisodiyoti bu miqdorni "bemalol ko‘tara olishi"ga ishonch bildirdi.
Polsha bosh vazirining aytishicha, Germaniya bilan munosabatlar haqiqatsiz va kompensatsiyalarsiz bo‘lishi mumkin emas.
Berlin Polshaning reparatsiya to‘g‘risidagi talabini bir necha marta rad etgan. GFR hukumatining ta’kidlashicha, Polsha 1953 yilda Germaniyaga nisbatan talabidan voz kechgan va buni bir necha marta tasdiqlagan.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025