Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Muzeylar haftaligi» doirasida Toshkent muzeylari bepul xizmat ko‘rsatishni boshladi
Bugundan e’tiboran "Muzeylar haftaligi" tadbiri boshlanadi. Unga ko‘ra, kelgusi yetti kun mobaynida fuqarolar uchun ayrim muzeylarga kirish bepul bo‘ladi.
Muzeylar ro‘yxati:
- O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi;
- Abdulla Qodiriy uy muzeyi;
- Yunus Rajabiy uy muzeyi;
- O‘rol Tansiqboyev uy muzeyi;
- Tamaraxonim uy muzeyi;
- Sergey Yesenin uy muzeyi.
Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 12 aprelda chiqargan 68-son qarori 8-ilovasidagi nizomga ko‘ra "Muzeylar haftaligi" tadbiri har yili 2-8 sentabr kunlari o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan.
Fuqarolar bir hafta davomida muzeylarga tashrif buyurib, milliy muzey fondiga kiritilgan ashyolar va kolleksiyalar bilan tanishib olishi mumkin.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025