Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda sodir bo‘lgan YTHda velosiped boshqarib ketayotgan shaxs vafot etdi
Nexia-2 mashinasi velosipedda yo‘lning o‘ng tomonidan harakatlanib ketayotgan shaxsni urib yuborgan.
Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 4 sentabr kuni soat 12:55 larda 4R -79 Qarshi-Chiroqchi-Shahrisabz avtomobil yo‘lining Qamashi tumani "Chim" MFY hududidan o‘tuvchi 41-42 kilometr oralig‘ida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Nexia-2 mashinasi o‘zi bilan bir yo‘nalishda yo‘lning o‘ng tomonidan velosipedda harakatlanib ketayotgan shaxsni urib yuborgan.
Oqibatda, velosiped boshqarib ketayotgan shaxs og‘ir tan jarohatlari olib, tuman shifoxonasida vafot etgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Qamashi tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Qashqadaryoda sodir bo‘lgan YTHda Gentra bilan to‘qnashgan Lacetti mashinasi va uning haydovchisi yonib ketgandi.
Mavzuga oid
09:12 / 02.02.2025
Qashqadaryoda oilani yarashtirishga borgan profilaktika inspektori pichoqlandi
23:04 / 13.09.2024
Qashqadaryoda sodir bo‘lgan YTHda maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024