O‘zbekiston | 09:34 / 05.09.2022
9694
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandga kirish tranzit o‘tuvchi transportlar uchun yopiladi

Joriy yil 14-17 sentabr kunlari Samarqand shahriga kirish tranzit o‘tuvchi transport vositalari uchun yopiladi.

Foto: Kun.uz

Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, bunda tranzit o‘tuvchi transport vositalari uchun aylanma harakat tashkil etiladi.

Qayd etilishicha, bu Samarqand shahrida ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari sammiti o‘tkazilishi munosabati bilan amalga oshirilmoqda.

Avvalroq Samarqandga bormoqchi bo‘lgan fuqarolardan tashrifni boshqa muddatga ko‘chirish so‘ralgandi

14 sentabrdan 17 sentabrga qadar Samarqand shahri Ibn Sino, Bo‘stonsaroy, Universitet xiyoboni, Namozgoh, Sadriddin Ayniy, Registon, Rudakiy, Shohizinda, Usto Umar Jo‘raqulov, Islom Karimov, Afrosiyob, Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Gulobod, Muqimiy va Dahbed ko‘chalarida transport vositalari harakati cheklanadi.

Harakat qatnovi cheklangan ko‘chalarda tez tibbiy yordam va favqulodda vaziyatlar bo‘linmalari transport vositalariga istisno tariqasida harakatlanish uchun ruxsat beriladi.

14, 15, 16 va 17 sentabr kunlari Samarqand shahriga kelmoqchi bo‘lgan fuqarolardan tashriflarini boshqa muddatga ko‘chirish so‘ralgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid