Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya Toshkent viloyatida 4 ta sohada yangi loyihalarni amalga oshirmoqchi
Toshkent viloyati hokimi Janubiy Koreya – Markaziy Osiyo hamkorlik forumi kotibiyati ijrochi direktori bilan uchrashdi.
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Koreya Respublikasida bo‘lib turibdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Toshkent viloyati hokimi kecha Janubiy Koreya – Markaziy Osiyo hamkorlik forumi kotibiyati ijrochi direktori Li Chong Guk bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar hozirgi kundagi darajasiga yuqori baho berildi.
Uchrashuvda tomonlar transport-logistika, qishloq xo‘jaligi, sanoat zonalari, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish va mavjud loyihalarni tizimli davom ettirishga kelishib oldi.
Janubiy Koreya vakillari hozirda O‘zbekistonda dorivor o‘simliklar, tibbiyot, baliqchilik va sanoatni rivojlantirish sohalarida loyihalar amalga oshirayotgani haqida ma’lumot berildi.
Tomonlar hamkorlikni davom ettirish va yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yo‘llarini birgalikda ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
17:25 / 07.05.2025
T'way Air Seuldan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
21:14 / 05.05.2025