Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand - Toshkent - Samarqand yo‘nalishida «Afrosiyob» qo‘shimcha qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
Samarqand - Toshkent - Samarqand yo‘nalishida «Afrosiyob» yuqori tezlikdagi elektropoyezdlar harakati 2022 yil 12 sentabr kunidan 18 sentabr kunigacha 7 ta reys yo‘lga qo‘yiladi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» xabariga ko‘ra, bunda 2022 yil 14-18 sentabr Samarqand shahrida o‘tkazilishi belgilangan ShHT a’zo davlatlar rahbarlari kengashi navbatdagi yig‘ilishiga puxta tayyorgarlik ko‘rish va yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsad qilingan.
Poyezdlar quyidagi vaqt oralig‘ida harakatlanadi:
- 767-sonli Samarqand - Toshkent yo‘nalishidagi poyezd Samarqand vokzalidan soat 11:08 da jo‘nab, «Toshkent-Markaziy» vokzaliga soat 13:18 da yetib keladi;
- 768-sonli Toshkent - Samarqand yo‘nalishidagi poyezd «Toshkent-Markaziy» vokzalidan soat 13:40 da jo‘nab, Samarqand vokzaliga soat 15:48 da yetib boradi.
Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025