Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Ukraina va yana 18 mamlakatga Rossiyadan himoyalanish uchun 2 mlrd dollar ajratadi
Davlat departamenti Kiyevga 675 mln dollarlik yordamga qo‘shimcha ravishda Ukraina va Rossiya tahdid solishi mumkin bo‘lgan 18 mamlakatga yana 2 mlrd dollar ajratilishini e’lon qildi.
AQSh hukumati Ukraina va Rossiya “kelajakda tahdid solishi mumkin bo‘lgan” yana 18 mamlakatga 2 mlrd dollarlik qo‘shimcha kredit va kafolatlar ajratilishini tasdiqladi.
Yangi harbiy yordam to‘g‘risida AQSh davlat kotibi Entoni Blinkenning Kiyevga tashrifi fonida ma’lum qilindi. Endi kongress mablag‘ ajratilishini ma’qullashi kerak.
Ushbu mablag‘ning bir mlrd dollarga yaqinini Ukraina, qolganini esa Albaniya, Bosniya va Gersegovina, Bolgariya, Xorvatiya, Chexiya, Estoniya, Gruziya, Gretsiya, Kosovo, Latviya, Litva, Moldova, Chernogoriya, Shimoliy Makedoniya, Polsha, Ruminiya, Slovakiya va Sloveniya oladi.
Bu Kiyevga avvalroq ajratilgan 675 mln dollarga qo‘shimcha yordam hisoblanadi.
Davlat departamenti vakilining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina va 18 mamlakatning xavfsizligini oshirish uchun moliyaviy yordam zarur.
Avvalroq Pentagon rahbari Lloyd Ostin AQSh prezidenti Jo Bayden Kiyevga 675 mln dollarlik yangi harbiy yordam paketini ma’qullaganini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
11:00 / 28.05.2025